Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan 2 may kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotida keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish va amaliy hamkorlikning ustuvor loyihalarini ilgari surish masalalari koʻrib chiqildi deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Turkiya yetakchisi davlatimiz rahbarini Konstitutsiya islohoti boʻyicha umumxalq referendumi muvaffaqiyatli oʻtkazilgani bilan samimiy qutlab, qardosh Oʻzbekiston xalqiga farovonlik, taraqqiyot va ravnaq tiladi.
Suhbatda mamlakatimizda Turkiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi ustuvor investitsiya loyihalarini jadal amalga oshirish muhimligi qayd etildi.
Strategik sheriklik kengashining navbatdagi yigʻilishiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
Muloqot yakunida Oʻzbekiston rahbari Turkiya yetakchisiga joriy yilning may oyi oʻrtasida boʻlajak Prezident saylovida muvaffaqiyatlar tiladi.