Oʻzbekiston va Turkiya yetakchilari strategik sheriklikni yanada rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar borligini qayd etdilar

0
83
marta koʻrilgan.

8 noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti 16-sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Oʻzbekiston bilan Turkiya oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.

Oʻzaro muloqot va almashinuvlar faol davom ettirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi, toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar soni, sayyohlar oqimi ortib bormoqda.

Mamlakatimizda Turkiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Yil boshidan 500 million dollardan ortiq toʻgʻridan-toʻgʻri sarmoyalar jalb qilindi, 200 dan ziyod yangi korxonalar tashkil etildi.

Savdo, sanoat, innovatsiyalar, energetika, transport, taʼlim, madaniyat, turizm va boshqa sohalardagi qoʻshma loyiha va dasturlarni jadallashtirish muhimligi taʼkidlandi.

Boʻlajak tadbirlar rejasi, shu jumladan Oʻzbekiston-Turkiya Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yigʻilishiga tayyorgarlik koʻrib chiqildi.

Davlat rahbarlari mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.