Oʻzbekiston va Turkiya Prezidentlari ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qildilar

0
153
marta koʻrilgan.

6 yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Suhbat davomida ikki mamlakat rahbarlari Oʻzbekiston bilan Turkiya oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollarini, hamkorlikni yanada faollashtirish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyat, xususan, Qozogʻistonda vujudga kelayotgan holat yuzasidan fikr almashdilar.

Prezidentlar Qozogʻistonda tinchlik va barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan barcha choralarni koʻrish zarurligi toʻgʻrisida umumiy fikr bildirdilar.

Shu bilan birga, davlat rahbarlari vujudga kelgan holatni tinch yoʻl bilan hal qilishga chaqirib, zoʻravonlik va vaziyat keskinlashuviga yoʻl qoʻymaslik muhimligini taʼkidlab oʻtdilar.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.