Oʻzbekiston va Turkiya Prezidentlari koʻp qirrali sheriklikni kengaytirish yoʻllarini muhokama qildilar

0
57
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 noyabr kuni kechasi Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan uchrashdi.

Davlatimiz rahbari Turkiya yetakchisini Turkiy davlatlar tashkilotining tarixiy sammiti muvaffaqiyatli oʻtkazilgani va ushbu nufuzli mintaqaviy tuzilmaga raislikni qabul qilib olgani bilan yana bir bor tabrikladi.

Prezidentlar Oʻzbekiston-Turkiya strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalarini koʻrib chiqdilar.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikdagi bugungi yuqori surʼatlarni saqlab qolish, tovar ayirboshlashni koʻpaytirish, ikki mamlakat yetakchi korxona, kompaniya va banklari kooperatsiyasini kuchaytirish muhim ekani taʼkidlandi.

Gumanitar aloqalar faollashgani, Oʻzbekiston va Turkiyada madaniy tadbirlar muntazam oʻtkazilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Mintaqa kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.