Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Rajab Tayyip Erdogʻan Ark qoʻrgʻoniga tashrif buyurdi.
Buxoro shahridagi ushbu qadimiy qalʼa xalqimizning boy tarixi, madaniyati, etnografiyasi, xorijiy davlatlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy aloqalaridan guvohlik beradi.
Ikki davlat rahbarlari Ark-viloyat oʻlkashunoslik muzeyi bilan tanishdi, bu yerdagi noyob osori-atiqalarni koʻzdan kechirdi.