Oʻzbekiston va Turkiya Prezidentlari Strategik hamkorlik kengashi kun tartibini puxta tayyorlash muhimligini taʼkidladilar

0
42
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan telefon orqali muloqotida oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining boʻlajak yigʻilishiga birgalikda har tomonlama tayyorgarlik koʻrish zarurligi haqida soʻz bordi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Suhbat avvalida Turkiya Prezidenti davlatimiz rahbarini muddatian ilgari Prezident saylovida qozongan ishonchli gʻalabasi bilan dildan qutladi, saylovchilarning ovoz berishdagi faol ishtirokini hamda Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar aholi tomonidan keng qoʻllab-quvvatlanganini taʼkidladi.

Keyingi yillarda Oʻzbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarida yuksak darajaga erishilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Faol muloqot va almashinuvlarni davom ettirish, oʻzaro savdo hajmini oshirish, muhim investitsiya loyihalari va gumanitar dasturlarni amalga oshirishga koʻmaklashish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.