Oʻzbekiston va Turkiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar

0
105
marta koʻrilgan.

Bugun, 5 iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Yetakchilar shu yili mart oyida Toshkent shahrida oʻtgan Strategik sheriklik kengashining ikkinchi yigʻilishida erishilgan kelishuvlar ijrosining borishini muhokama qildilar.

Turkiya Prezidenti davlatimiz rahbarining Qoraqalpogʻiston Respublikasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni taʼminlash borasidagi saʼy-harakatlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatladi.

Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalarda kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

Savdo, transport, sanoat, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalardagi ikki tomonlama loyihalarni ilgari surish muhimligi qayd etildi.

Shuningdek, 2022 yil noyabr oyida Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti yuzasidan fikr almashildi.

Davlat rahbarlarini yaqinlashib kelayotgan Qurbon hayiti bilan bir-birini qutlab, mamlakatlarimizning birodar xalqlariga farovonlik va ravnaq tiladilar.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.