Oʻzbekiston va Turkiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar

0
130
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31 dekabr kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida. 

Davlat rahbarlari kirib kelayotgan Yangi yil bilan bir-birlarini samimiy qutladilar.

2019 yil mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashda muhim boʻlgani mamnuniyat bilan taʼkidlandi. Oʻzbekistonning Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga toʻla huquqli aʼzo sifatida kirganining tarixiy ahamiyati qayd etildi.

Turli darajadagi aloqalar sezilarli faollashdi, oʻzaro manfaatli savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik izchil rivojlanmoqda, istiqbolli qoʻshma loyihalar amalga oshirilyapti, ilmiy-texnik va madaniy-gumanitar almashinuvlar kengaymoqda.

Suhbat chogʻida Prezidentlar boʻlajak oliy darajadagi uchrashuvlar siyosat, iqtisodiyot, transport kommunikatsiyalari, turizm, taʼlim, sogʻliqni saqlash va boshqa yoʻnalishlardagi oʻzaro manfaatli sheriklikni yanada mustahkamlash uchun muhim boʻlishini qayd etdilar.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.