Oʻzbekiston va Turkiya Prezidentlari telefon orqali soʻzlashdi

0
113
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 avgust kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.  

Davlat rahbarlari qutlugʻ Qurbon hayiti munosabati bilan bir-birlarini hamda azaliy qardosh xalqlarimizni qizgʻin qutlab, eng ezgu va samimiy tilaklarini izhor etdilar.

Prezidentlar soʻnggi yillarda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi oʻzaro hurmat va ishonch, birodarlik, strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan aloqalar siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy hamda madaniy-gumanitar sohalarda jadal rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan taʼkidladilar. 

Muloqot chogʻida joriy yil 5-6 avgust kunlari Anqara shahrida Oʻzbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirlari hamraisligida boʻlib oʻtgan Strategiyani rejalashtirish guruhining birinchi yigʻilishi natijalarini hamda Turkiyaning dunyodagi elchilarining oʻn birinchi konferensiyasida Oʻzbekiston delegatsiyasining faxriy mehmon sifatidagi ishtirokini yuqori baholandi.

Prezidentlar raisligida boʻlib oʻtadigan oliy darajadagi Oʻzbekiston-Turkiya strategik hamkorlik kengashi ilk yigʻilishiga har tomonlama puxta tayyorgarlik koʻrish muhimligi alohida qayd etildi.

Suhbatda turli yoʻnalishlarda imzolangan bitim va loyihalar, erishilgan oʻzaro manfaatli kelishuvlarni toʻliq roʻyobga chiqarish va aloqalarni yanada mustahkamlash boʻyicha tomonlarning intilishi qatʼiy va mushtarak ekanligi taʼkidlandi.

Doʻstona va ochiq ruhda kechgan muloqotda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi, shuningdek, boʻlajak ikki tomonlama tadbirlar rejasi koʻrib chiqildi.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.