Oʻzbekiston va Turkiya Prezidentlari telefon orqali soʻzlashdi

0
83
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 iyun kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.    

Suhbat avvalida Prezidentlar qutlugʻ Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birlarini va qardosh xalqlarimizni qizgʻin muborakbod etib, ezgu tilaklarini izhor qildilar.

Davlat rahbarlari mamlakatlarimiz oʻrtasida doʻstlik, oʻzaro ishonch va strategik sheriklik ruhidagi aloqalar barcha sohalarda, jumladan, siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik yoʻnalishlarida jadal rivojlanib borayotganini alohida eʼtirof etdilar.

Joriy yilning dastlabki toʻrt oyida oʻzaro savdo aylanmasi hajmi 30 foizga oʻsgani, qoʻshma korxonalar soni oxirgi bir yarim yil davomida 2 barobarga koʻpaygani mamnuniyat bilan taʼkidlandi.

Bundan tashqari, yetakchi turk kompaniyalari bilan bir qator yirik sanoat va infratuzilma loyihalari boʻyicha birgalikda faol ishlar olib borilmoqda. Madaniy-gumanitar almashinuv kengaymoqda, sogʻliqni saqlash va taʼlim sohasida qoʻshma dasturlar amalga oshirilmoqda.

Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va Turkiya prezidentlari raisligida Oliy darajadagi oʻzbek-turk strategik hamkorlik kengashi ilk yigʻilishiga puxta tayyorgarlik koʻrish muhimligi qayd etildi.

Shu maqsadda tomonlar yaqin istiqbolda tashqi ishlar vazirlari boshchiligidagi guruhlar uchrashuvi hamda Hukumatlararo qoʻshma komissiyaning navbatdagi yigʻilishini oʻtkazishga kelishib oldilar.

Doʻstona va samimiy tarzda kechgan suhbat davomida xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik boshqa dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.


Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.