Oʻzbekiston va Turkiya Prezidentlarining telefon orqali muloqoti toʻgʻrisida

0
93
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻon oʻrtasida Turkiya tomonining tashabbusi bilan 2017 yil 11 dekabr kuni telefon orqali muloqot boʻlib oʻtdi, deya xabar bermoqda prezident. uz  saytida. 

Muloqot avvalida Turkiya Prezidenti davlatimiz rahbarini mamlakatimizda tarkibiy oʻzgarishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichini amalga oshirish boʻyicha qoʻlga kiritilgan amaliy natijalar bilan samimiy muborakbod etdi.

Oʻzbekiston Prezidenti mamlakatimizda davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida barqaror va yuksak taraqqiyotni taʼminlashga qaratilgan siyosatni yuqori baholagani uchun chuqur minnatdorlik bildirdi. 

Muloqotda davlat rahbarlari joriy yil oktyabr oyida Turkiya Respublikasiga oliy darajadagi tashrif yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuv va bitimlarni amalga oshirish muhimligini alohida taʼkidladi. 

Savdo-iqtisodiy, texnologik, moliya-sarmoyaviy, transport, turizm va madaniyat sohalaridagi qoʻshma dastur va loyihalarni amalga oshirish borasida oʻzaro samarali aloqalarni davom ettirish zarurligi qayd etildi. 

Prezidentlar, shuningdek, Istanbul shahrida boʻlib oʻtadigan Islom hamkorlik tashkilotining navbatdan tashqari sammiti kun tartibidagi masalalar, jumladan, mintaqaviy va xalqaro siyosatning boshqa dolzarb masalalari boʻyicha fikr almashdilar.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.