Oʻzbekiston va Turkiya Prezidentlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi

0
169
marta koʻrilgan.

15 oktyabr kuni ertalab Boku shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Davlat rahbarlari bir-birini samimiy qutlab, mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik, koʻp qirrali hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlari mustahkamlanib borayotganini alohida mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Turkiya Prezidenti Oʻzbekiston rahbarini mamlakatimizning Turkiy tilliy davlatlar hamkorlik kengashiga qoʻshilgani bilan samimiy tabriklab, bu qaror ikki tomonlama aloqalar va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.

Muzokaralarda konstruktiv siyosiy muloqotni davom ettirish, iqtisodiyot, savdo, investitsiyalar, energetika, turizm va boshqa yoʻnalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Ikki mamlakatning yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi qoʻshma investitsiya loyihalarini qoʻllab-quvvatlash muhimligi taʼkidlandi.

Oʻzbekiston va Tursiya Prezidentlari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar, shuningdek, boʻlajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini koʻrib chiqdilar.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.