Oʻzbekiston va Turkmaniston yetakchilari ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

0
13
marta koʻrilgan.

30 dekabr kuni boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqotda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bir-birini va qardosh xalqlarimizni kirib kelayotgan 2025 yil bilan samimiy qutlab, sihat-salomatlik, baxt-saodat, farovonlik, tinchlik va ravnaq tiladilar, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Oʻzbekiston bilan Turkmaniston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Oʻzaro tovar ayirboshlashning jadal surʼatlar bilan oʻsib, energetika, transport, sanoat, qishloq va suv xoʻjaligi sohalarida kooperatsiya kengayib borayotgani, idoralararo va hududlararo aloqalar, ishbilarmonlik va madaniy-gumanitar almashinuvlar faollashgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Davlatimiz rahbari bu yil shoir va mutafakkir Maxtumquli Firogʻiy tavalludining 300 yilligi munosabati bilan yuksak saviyada oʻtkazilgan xalqaro tadbirlarga alohida toʻxtaldi. Oʻzbek va turkman kinoijodkorlari tomonidan badiiy film suratga olingani, bir qator qoʻshma tadbirlar oʻtkazilgani taʼkidlandi.

Suhbat chogʻida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvining navbatdagi yigʻilishiga tayyorgarlik koʻrish nuqtai nazaridan mintaqaviy hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Oʻzbekiston va Turkmaniston yetakchilari boʻlajak tadbirlar rejasini ham koʻrib chiqdilar.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.