Oʻzbekiston va Turkmaniston yetakchilari koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

0
40
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27 avgust kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Oʻzbekiston-Turkmaniston doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, mamlakatlarimiz oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Suhbat avvalida Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi davlatimiz rahbariga Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning samimiy salomini yetkazdi.

Oʻzbekiston va Turkmaniston yetakchilari ikki tomonlama aloqalar jadal rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar. Faol siyosiy muloqot va almashinuvlar davom etmoqda, oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi barqaror surʼatlar bilan oʻsmoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yetakchi korxonalarning kooperatsiyasi kuchaymoqda.

Muntazam ravishda qoʻshma madaniy-gumanitar tadbirlar oʻtkazilmoqda.

Suhbat chogʻida transport-kommunikatsiya va energetika sohalarida qoʻshma loyihalarni ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.