Oʻzbekiston va Turkmaniston yetakchilari koʻp qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash muhimligini taʼkidladilar

0
147
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 yanvar kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Oʻzbekiston-Turkmaniston doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida mustahkamlashning dolzarb masalalari batafsil koʻrib chiqildi.

Oʻzaro savdo koʻrsatkichlarining barqaror oʻsishi, sanoat, energetika, qishloq va suv xoʻjaligi, transport sohalarida amaliy hamkorlik koʻlamining kengayishiga xizmat qilayotgan kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan taʼkidlandi. Hududlararo almashinuvlar faollashib, birgalikda muhim gumanitar dasturlar amalga oshirilmoqda.

Yetakchilar yaqinda oʻtgan hukumatlararo muzokaralarning natijalarini yuksak baholab, ikki birodar mamlakat oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni tubdan kengaytirish muhim ekanini qayd etdilar.

Oʻzbekiston va Turkmaniston Prezidentlari mintaqa kun tartibi va koʻp tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlik jihatlari yuzasidan fikr almashdilar. Boʻlajak uchrashuv va tadbirlar rejasi muhokama qilindi.

Telefon orqali muloqot har doimgidek iliq, doʻstona va konstruktiv ruhda oʻtdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.