Oʻzbekiston va Turkmaniston Prezidentlarining muzokaralari boʻlib oʻtdi

0
228
views

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahrida Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan muzokara oʻtkazdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Uchrashuvda davlat rahbarlari qardosh xalqlarimiz oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik rishtalariga asoslangan Oʻzbekiston-Turkmaniston chuqurlashgan strategik sheriklik munosabatlarining dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

Amaliy hamkorlik barcha yoʻnalishlarda kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Oliy darajadagi kelishuvlar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Hukumatlar, vazirlik va idoralar oʻrtasidagi aloqalar tizimli tus olgan.

Oʻzaro savdo hajmi oshib bormoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida manfaatli hamkorlik kengaymoqda. “Shovot-Toshovuz” qoʻshma savdo zonasini tez fursatda ishga tushirish zarurligi qayd etildi.

Birgalikdagi kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, hududlar oʻrtasidagi almashinuvlar va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish muhimligi taʼkidlandi.

Mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here