Oʻzbekiston va Turkmaniston Prezidentlarining muzokaralari boshlandi

0
102
marta koʻrilgan.

Koʻksaroy qarorgohida Turkmaniston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boʻldi.

Shundan soʻng davlat rahbarlari yakkama-yakka uchrashuv oʻtkazdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni yurtimizga tashrifi bilan qutladi.

Muloqotda Oʻzbekiston va Turkmaniston oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatiga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Muzokaralar yakuni boʻyicha davlat rahbarlarining Qoʻshma bayonoti qabul qilinishi, turli sohalardagi aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan koʻplab hujjatlar imzolanishi moʻljallangan.

Prezidentlar Toshkent shahridagi Ashxobod sayilgohining ochilish marosimida ishtirok etishi, 24 aprel kuni Xorazm viloyatiga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.