Oʻzbekiston va Turkmaniston Prezidentlarining telefon orqali muloqoti toʻgʻrisida

0
98
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov oʻrtasida 30 dekabr kuni telefon orqali muloqot boʻlib oʻtdi, deya xabar berilmoqda Prezident.uz saytida. 

Suhbat avvalida Prezidentimiz Turkmaniston Prezidentini kirib kelayotgan Yangi yil bilan samimiy tabriklab, qardosh turkman halqiga tinchlik, barqarorlik va farovonlik tiladi.

Turkmaniston rahbari, oʻz navbatida, Prezidentimiz va koʻpmillatli qardosh Oʻzbekiston xalqini yaqinlashib kelayotgan bayram munosabati bilan chin dildan muborakbod etib, taraqqiyot va farovonlik tiladi.

Davlatlar rahbarlari yakuniga yetayotgan 2017 yil mamlakatlarimiz oʻrtasidagi anʼanaviy yaqin aloqalarni rivojlantirish, doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini mustahkamlashda tarixiy davr boʻlganini chuqur mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Oliy darajadagi doimiy muloqotlar Oʻzbekiston-Turkmaniston hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtargani va amaliy mazmun bilan boyitgani taʼkidlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil mart oyida Turkmanistonga davlat tashrifi davomida Strategik sheriklik toʻgʻrisida shartnoma imzolandi.

Amaliy hamkorlik va aloqalar barcha yoʻnalishlarda sezilarli faollashdi. Savdo, ishlab chiqarish kooperatsiyasi, energetika, transport, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarda yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

Chegaraoldi hududlar oʻrtasidagi samarali hamkorlik mustahkamlanmoqda. Ishbilarmonlik va madaniyat sohalariga doir qator qoʻshma tadbirlar muvaffaqiyatli oʻtkazildi.

Prezidentlar Oʻzbekiston va Turkmaniston oʻrtasidagi koʻp qirrali sheriklikni yanada rivojlantirish, avvalo, savdo-iqtisodiy sohada yangi loyiha va dasturlarni amalga oshirish muhimligini alohida qayd etdilar.

Oʻzbekiston va Turkmaniston rahbarlari, shuningdek, xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari boʻyicha fikr almashdilar.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.