Oʻzbekiston va Vyetnam Prezidentlari savdo-iqtisodiy aloqalarni faollashtirish muhimligini qayd etdilar

0
57
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 oktyabr kuni Xitoyga amaliy tashrif doirasida Vyetnam Sotsialistik Respublikasi Prezidenti Vo Van Txiong bilan uchrashdi.

Ikki mamlakat oʻrtasida, eng avvalo, savdo-iqtisodiy sohadagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

Taʼkidlash joizki, Vyetnam Oʻzbekistonning Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi muhim anʼanaviy hamkoridir. Keyingi yillarda turli darajalardagi muloqotlar faollashdi, oʻzaro savdo hajmi va qoʻshma korxonalar soni oshib bormoqda. Qishloq xoʻjaligi va baliqchilik sohalarida loyihalar amalga oshirilmoqda.

Yetakchi kompaniyalarimiz neft-gaz majmuasida, mashinasozlik, elektrotexnika, kimyo, toʻqimachilik, poyabzal, mebelsozlik, oziq-ovqat va boshqa tarmoqlarda, shu jumladan maxsus iqtisodiy zonalar va industrial parklar doirasida kooperatsiya qilishlari uchun imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston va Vyetnam yetakchilari madaniyat, taʼlim va turizm sohalarida almashinuvni rivojlantirish muhim ekanini taʼkidladilar.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.