Oʻzbekiston – Vengriya munosabatlarini strategik sheriklik darajasiga koʻtarish vazifalari muhokama qilindi

0
100
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston va Vengriya yetakchilarining muloqoti avval tor doirada boʻlib oʻtdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev mehmonni mamlakatimizga tashrifi bilan qutlab, bu ikki davlat oʻrtasidagi aloqalarda yangi davrni boshlab berishini taʼkidladi.

Viktor Orban yurtimizga kelganidan mamnunligini bildirib, Vengriya Oʻzbekiston bilan hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini qayd etdi.

Muzokarada siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar Oʻzbekiston – Vengriya munosabatlarini oʻzaro ishonch va keng doiradagi umumiy manfaatlarga asoslangan strategik sheriklik darajasiga koʻtarishga tayyor ekanligini tasdiqladi. Uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlash, oʻzaro manfaatli yangi sohalarni ishga solish, ishbilarmon doiralar va hududlar oʻrtasidagi aloqalarni qoʻllab-quvvatlashga kelishib olindi.  

Tomonlarni qiziqtirgan xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi. Tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash boʻyicha qarashlar va yondashuvlar umumiy ekani tasdiqlandi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.