Oʻzbekiston xalqi va Prezidentiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar

0
139
marta koʻrilgan.
 

Xorijiy davlatlar, parlamentlar va hukumatlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari, taniqli jamoat va din arboblari Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga kirib kelayotgan 2024 yil munosabati bilan samimiy tabriklar yoʻllamoqda, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Qutlovlarda mamlakatimiz yetakchisi rahbarligida Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlida ortga qaytmas tus olgan islohotlar dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani qayd etilgan. Mamlakatimizning pragmatik tashqi siyosati yuqori samara berayotgani, buning natijasida yurtimiz xalqaro nufuzi yuksalib borayotgani taʼkidlangan.

Xorijiy hamkorlar Oʻzbekistonning koʻp millatli xalqiga farovonlik, yangi muvaffaqiyatlar, tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilaklarini izhor etmoqda.

 

Jumladan, quyidagilar oʻz tabriklarini yoʻllagan:

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin;

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin;

Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev;

Qozogʻiston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev;

Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov;

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon;

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov;

Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov;

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko;

Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan;

Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol;

Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida;

Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;

Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy;

Singapur Respublikasi Bosh vaziri Li Syan Lun;

Germaniya Federal Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer;

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Bosh vaziri Rishi Sunak;

Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella;

Vengriya Prezidenti Katalin Novak;

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban;

Norvegiya Qiroli Xarald V;

Gretsiya Respublikasi Prezidenti Katerina Sakellaropulu;

Polsha Respublikasi Prezidenti Andjey Duda;

San-Marino Respublikasi kapitan-regentlari Filippo Tamanini va Gaetano Troina;

Moʻgʻuliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux;

Moldova Respublikasi Prezidenti Mayya Sandu;

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy;

Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko;

Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Mixail Mishustin;

Xitoy Xalq Respublikasi Xalq siyosiy maslahat kengashi raisi Van Xunin;

Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri oʻrinbosari, ichki ishlar vaziri shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon;

Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Chjan Min;

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Ijroiya qoʻmitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev;

Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev;

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Xusrav Noziriy;

Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha;

Shimoliya Atlantika shartnomasi tashkiloti bosh kotibi Yens Stoltenberg;

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Parlamentlararo assambleyasi kengashi bosh kotibi Dmitriy Kobitskiy;

BMT Bosh kotibining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili, Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya boʻyicha mintaqaviy markaz rahbari Kaxa Imnadze;

Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidenti Szin Litsyun;

Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro fondi prezidenti Alvaro Lario;

Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi prezidenti Tomas Bax;

Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti Marius Vizer;

Moskva va Butun Rus patriarxi Kirill.

Qutlovlar kelishda davom etmoqda.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.