Oʻzbekistonlik bokschi Hasanboy Doʻsmatovdan keyin bokschi Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev Parijdagi Olimpiya oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritdi. U finalda Meksikalik bokschiga qarshi gʻalaba qozondi.
Yana bir bokschimiz Lazizbek Mullajonov Parijdagi Olimpiya oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Oʻzbekiston Milliy universiteti iqtidorli sportchi-talabasi, taekvondo (WT) sport turi boʻyicha kurashchi Ulugʻbek Rashitov barcha raqiblaridan ustun kelib, 2 karra Olimpiya chempioni degan unvonga sazovor boʻldi. Natijada Oʻzbekistonimiz sportchilari umumjamoa hisobida 206 ta davlat orasida 14-oʻrinni egallab turibdi. Sportchilarimiz 5 ta oltin va 3 ta bronza medaliga erishdilar.
27 iyul kuni Fransiya poytaxtida ochilgan XXXIII Yozgi olimpiya oʻyinlari 11 avgustga qadar davom etadi.
Mamlakatimiz bayrogʻini sport maydonlarda yuqori koʻrayotganlarni qutlaymiz! Barcha sportchilarimizga omad tilab qolamiz!
Saʼdullayev Javlon tayyorladi.