Bugungi kunda butun dunyo, insoniyat murakkab davrni boshidan kechirmoqda. Mamlakatimizda epidemiologik vaziyatni jilovlash, aholi salomatligini har tomonlama himoya qilish uchun barcha choralar koʻrilmoqda.
Sinovli damlarda har bir oʻzbekistonlik, har bir idora, jamoatchilik vakillari bir musht boʻlib harakat qilmoqda.
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, “Ijod” jamoat fondi, “Doʻrmon” ijod uyi, Uyushma poliklinikasi xodimlari ham savob ishga munosib hissa qoʻshib, oʻzlarining bir kunlik ish haqini tojli virus infeksiyasiga qarshi kurash doirasida tashkil etilgan “Oʻzbekiston Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga begʻaraz yordam tariqasida oʻtkazib berishdi.
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati