Oʻzbekistonda aprel oyining birinchi yakshanbasi geologlarning kasb bayrami kuni

0
302
marta koʻrilgan.

2018 yilning 26 dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan «Oʻzbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq, har yili aprel oyining birinchi yakshanbasi geologlar kuni deb belgilandi.

Geologiya sohasi mamlakatning mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirishda, yer qaʼrini oʻrganish va razvedka qilishda, foydali qazilma konlarini ochishda alohida ahamiyatga ega.

Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan Muruntov koni 1960 yilda oʻzbek geologlari tomonidan aniqlangan. 1967 yilda konda dastlabki ruda qazish ishlari boshlangan.

Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Navoiy kon-metallurgiya kombinati hamda Navoiy viloyati hokimligi hamkorligida oʻtkazilgan “Milliy jurnalistika: anʼanalar davomiyligi va zamonaviylik” mavzusidagi birinchi respublika mediaforumi ishtirokchilari Muruntov konida boʻlishdi. Ulugʻvor korxonadan katta taassurotlar bilan qaytishdi.

GUJUM.UZ sayti tahririyati ham zahmatkash geologlarni kasb bayrami bilan qutlaydi.

Jurnalist.uz saytining telegramm kanali asosida tayyorlandi. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.