Oʻzbekistonda ayollar uchun belgilangan imtiyozlar bilan tanishing

0
1062
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida mamlakatimiz xotin-qizlariga berilgan imkoniyatlarga va ularni yanada kengaytirishga alohida eʼtibor berildi.

Xotin-qizlar taʼlimini qoʻllab-quvvatlash milliy dasturini qabul qilish tilga olindi. Ushbu hujjat doirasida poytaxtda xotin-qizlar uchun alohida universitet va joylarda uning texnikumlarini tashkil etilishi taʼkidlandi. Barcha talaba qizlarga taʼlim kontraktlarini toʻlash uchun 7 yil muddatga foizsiz kredit berish tartibi joriy qilinadigan boʻldi.

Kelgusi oʻquv yilidan boshlab magistraturada oʻqiyotgan barcha qizlarning kontrakt pullarini toʻliq byudjetdan qoplab berish uchun har yili 200 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltiriladi va doktorantura yoʻnalishida xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratiladi.

“Olima ayollar jamiyati” tuziladi va jamiyatiga har yili 50 milliard soʻm mablagʻ ajratiladi.

Bosh vazir oʻrinbosari lavozimi qayta tiklandi hamda Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi tashkil etildi.

Respublikadagi 9,5 mingga yaqin mahalla raisining xotin-qizlar va oila boʻyicha oʻrinbosarlari ham qoʻmita tizimiga oʻtkazildi. 

Mamlakatimizda tadbirkorlik sohasida ishlayotgan xotin-qizlar sonini yanada koʻpaytirish maqsadida “Bizneschi ayollar” dasturi qabul qilinib, uning doirasida 8 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltirilishi taʼkidlan- di. Shuningdek, joriy yilda ipoteka kreditlari boʻyicha beriladigan subsidiyalarning 40 foizi xotin-qizlar uchun ajratiladi. Bu muhtoj ayollarni 12 mingta qulay uy-joy bilan taʼminlash imkoniyatini beradi.

Tariximizda ilgari boʻlmagan bunday keng koʻlamli ishlar ijrosi uchun 15 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltirilmoqda.

 “Oqila ayollar” harakati  tashkil etilib, bu ezgu harakat tom maʼnoda jamiyatimiz ovoziga, mahalla vijdoniga aylantirilishi taʼkidlandi.

Bugungacha Oʻzbekistonda ayollar uchun belgilangan imtiyozlar tanishib chiqing:

Xotin-qizlarga tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun 33 million soʻmgacha kreditlar ajratiladi

Ayollarni pensiya yoshiga toʻlganligi sababli ish beruvchi tashabbusi bilan ishdan boʻshatish taqiqlanadi.

Ayrim toifadagi xotin-qizlarga OTMga kirish uchun tavsiyanoma beriladi.

«Ayollar daftari»ga kiritilganlarga 40 mln 500 ming soʻmgacha kredit berilishi mumkin.

 Ishlaydigan onalarga bolani ovqatlantirishga tanaffus beriladi.

 Xotin-qizlarning kasb oʻrganishga qilgan xarajatlarini davlat toʻlab beradi.

 “Ayollar daftari”ga kiritilgan yolgʻiz ayollarning farzandlari ham bogʻchaga imtiyozli roʻyxat asosida qabul qilinadi.

 Ogʻir ijtimoiy ahvoldagi xotin-qizlarga imtiyozli uy-joylar beriladi.

 Faol va tashabbuskor xotin-qizlar “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadi.

Oʻn ikki yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollarga qoʻshimcha taʼtil beriladi.

Ayrim xotin-qizlarning kontrakt puli davlat tomonidan toʻlab beriladi.

Ikki yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar yengilroq ishga oʻtkaziladi.

Homilador ayollar hamda 3 yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollarni ishga qabul qilishda dastlabki sinov qoʻllanilmaydi.

 Rahbarlik lavozimiga tanlovda xotin-qizlar va erkaklarning teng ishtiroki taʼminlanadi.

Ayrim ayollar 53 yoshda pensiyaga chiqishi mumkin.

R. SAPOYEVA tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.