8-9 noyabr kunlari Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) oʻn oltinchi sammiti boʻlib oʻtadi.
Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining oʻn toʻrtinchi sammiti 2021 yil 4 martda onlayn(videoanjuman shaklida) boʻlib oʻtgandi.
Tadbirda Ozarbayjon, Eron, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va Turkiyaning davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Kun tartibiga muvofiq, IHT doirasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiyaviy va gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish hamda ushbu koʻp tomonlama tuzilma faoliyatini takomillashtirish masalalari koʻrib chiqiladi.
Sammit dasturi doirasida Oʻzbekiston yetakchisi qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi.
Taʼkidlash joizki, Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga 1985 yilda asos solingan, uning doimiy faoliyat yurituvchi kotibiyati Tehron shahrida joylashgan.
Oʻzbekiston Respublikasi 1992 yildan boshlab IHT aʼzosidir.