Oʻzbekistonda islohotlar dasturi samaradorligini yanada oshirish masalalari koʻrib chiqildi

0
212
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 iyul kuni oʻzining iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi Suma Chakrabartini qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Uchrashuvda 2022 — 2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning Taraqqiyot strategiyasi doirasida mamlakatimizdagi iqtisodiy islohotlarni davom ettirish va natijadorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Maslahatchi Chakrabarti Oʻzbekiston yetakchisi rahbarligida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturini, shu jumladan iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini modernizatsiya qilish va raqobatbardoshligini oshirish, jamiyat hayotining barcha sohalarini transformatsiya qilish va raqamlashtirish, investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, kadrlarning yangi avlodini tayyorlash borasidagi oʻzgarishlarni yuksak baholadi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangilanishlarni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqishga Oʻzbekistonda boshlangan hamda demokratik prinsiplar va huquqiy normalarga toʻla mos holda, konstitutsiyaviy qurilishning ilgʻor milliy va xalqaro tajribasi asosida amalga oshirilayotgan Konstitutsiya islohoti xizmat qilishi taʼkidlandi.  

Suma Chakrabarti bundan buyon ham yangi oʻsish nuqtalarini topish va roʻyobga chiqarishda Oʻzbekiston Hukumatiga koʻmaklashishga bor saʼy-harakatini yoʻnaltirishga tayyorligini bildirdi.

Eslatib oʻtamiz, Suma Chakrabarti Oʻzbekiston Prezidentining maslahatchisi etib tayinlanishidan avval sakkiz yil davomida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.