Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 dekabr kuni iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv oʻtkazdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturining natijadorligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarning borishi va kelgusi rejalar koʻrib chiqildi.
Investitsiya va ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish, xorijdagi yetakchi kompaniya va moliyaviy institutlarni jalb qilgan holda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yirik loyihalarni ilgari surish boʻyicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlishi jarayoni va mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi oʻrnini yuksaltirish bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi.