Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning birinchi yarim yilligida Oʻzbekistonda jami vafot etganlarning 62,1 foizi qon aylanish tizimi kasalliklari, 9,5 foizi oʻsimtalardan, 5,3 foizi ovqat hazm qilish kasalliklari, 4,5 foizi nafas olish aʼzolari kasalliklari, 5,4 foizi baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanish, 1,4 foizi yuqumli va parazitar kasalliklardan hamda 11,8 foizi boshqa kasalliklardan vafot etgan.
1 yoshgacha vafot etgan bolalar soni 3,4 ming nafarni tashkil etib, ularning 55,3 foizi perinatal davrda yuzaga keladigan holatlar, 20,4 foizi nafas olish aʼzolari kasalliklari, 13,3 foizi tugʻma anomaliyalardan, 2,2 foizi baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlar, 2,4 foizi yuqumli va parazitar kasalliklar, 0,8 foizi ovqat hazm qilish aʼzolari kasalliklari 5,6 foizi boshqa kasalliklardan vafot etgan.