Oʻzbekistonda Markaziy va Janubiy Osiyoning mintaqaviy bogʻliqligi boʻyicha xalqaro konferensiya oʻtkazilishi toʻgʻrisida

0
88
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan 2021 yil 15-16 iyul kunlari Toshkent shahrida “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya boʻlib oʻtadi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Forumning asosiy maqsadi Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi tarixan yaqin va doʻstona aloqalarni, ishonch va yaxshi qoʻshnichilikni ikki mintaqa xalqlari va mamlakatlari manfaatlari yoʻlida mustahkamlashdan iborat.

Konferensiya ishida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Afgʻoniston Islom Respublikasi Prezidenti, Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri, Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari, boshqa xorijiy davlatlarning tashqi ishlar vazirlari va yuqori darajadagi vakillari, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, global moliyaviy institut va kompaniyalar, yetakchi ilmiy-tadqiqot va tahliliy markazlarning rahbarlari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Forum ishtirokchilari yalpi va shoʻba majlislarda mintaqaviy bogʻliqlikni yanada mustahkamlash doirasida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsion va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surish imkoniyatlarini muhokama qiladilar.

Kun tartibidan savdo, investitsiyalar, transport, energetika va innovatsiyalar, “yashil” texnologiyalar sohalarida hamkorlikni rivojlantirish, kooperatsiya boʻyicha aniq loyiha va dasturlarni amalga oshirish, turizm, taʼlim, sogʻliqni saqlash, fan va madaniyat sohalarida sheriklikni kengaytirish, ikki mintaqa barqarorligi va xavfsizligini taʼminlash yuzasidan batafsil fikr almashish va birgalikda takliflar ishlab chiqish oʻrin olgan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.