Oʻzbekistonda qiynoqqa solish, ruhiy, jismoniy bosim oʻtkazish va boshqa shafqatsiz zoʻravonlik holatlariga mutlaqo yoʻl qoʻyilmaydi

0
539
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Konstitutsiyamiz qabul qilingan kunning 25 yilligi munosabati bilan boʻlib oʻtgan tantanali marosimdagi nutqidan:

 “Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquqlari va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Prezident Farmoni qabul qilindi.

Ushbu Farmonga binoan bundan buyon Oʻzbekistonda qiynoqqa solish, ruhiy, jismoniy bosim oʻtkazish va boshqa shafqatsiz zoʻravonlik holatlariga mutlaqo yoʻl qoʻyilmaydi.

Bunday jinoiy qilmishlarni sodir etgan har qanday shaxs, u kim boʻlishidan qatʼi nazar, muqarrar ravishda javobgarlikka tortiladi.

Jinoyat ishlari doirasida noqonuniy usullar bilan olingan har qanday maʼlumotlardan, jumladan, audio va video materiallardan, ashyoviy dalillardan foydalanish qatʼiyan taqiqlanadi. Qiynoqqa solish, himoyaga boʻlgan huquqni buzish, insonni aldash va tergov jarayonida boshqa noqonuniy usullarni qoʻllash man etiladi.

Dalillarni soxtalashtirish uchun alohida jinoiy javobgarlik joriy qilinadi. 

Endilikda advokatlar jinoyat ishi boʻyicha dalillarni toʻplash va taqdim etish huquqiga ega boʻladi. Bu dalillar tergov va sud idoralari tomonidan majburiy tekshirilishi va baholanishi kerak.

Qiynoqqa solish kabi noqonuniy usullarni qoʻllashni qatʼiyan cheklash maqsadida tergov va vaqtincha saqlash hibsxonalari videokuzatuv vositalari bilan jihozlanadi.

Eng muhimi, noqonuniy usullar qoʻllash toʻgʻrisidagi bironta ham xabar eʼtiborsiz qolmasligi shart. Prokuratura organlari har bir holat boʻyicha chuqur tekshiruv oʻtkazib, aybdor shaxslarning muqarrar javobgarligini taʼminlaydi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.