Oʻzbekistonda umumtaʼlim elektron kutubxona loyihasini amalga oshirishda Janubiy Koreya tajribasi qoʻllaniladi

0
212
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Matbuot axborot agentligi aholiga axborot-kutubxona xizmatini koʻrsatish tizimini takomillashtirish va uni yangi bosqichga olib chiqish borasida xorijiy davlatlar kompaniyalari bilan faol hamkorlik qilmoqda. Koreya Respublikasi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Milliy umumtaʼlim elektron kutubxona” loyihasi ana shu jarayon mahsuli boʻldi. 

Agentlikdan olingan maʼlumotga koʻra, bugungi kunda ushbu loyiha doirasida tashkilot tizimida boʻlgan Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida Raqamlashtirish va skanerlash hamda Multimedia markazlari tashkil etilmoqda. Shunigdek, oʻzbekistonlik mutaxassislar uchun Koreya Respublikasida joriy qilingan elektron kutubxona faoliyati, uning texnik tizimi, ilmiy-taʼlimiy axborot maʼlumotlarini foydalanuvchilarga yetkazib berish, undan foydalanish hamda boshqaruvini tashkil qilish boʻyicha oʻquv-trening mashgʻulotlarini oʻtkazish rejalashtirilgan. 

Shu kunlarda esa Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi Bosh direktori L.Tangriyev boshchiligidagi delegatsiya Seul shahrida oʻtkazilayotgan xalqaro seminar-treninglarda ishtirok etib, ayni sohada Janubiy Koreya tajribasini oʻrganmoqda. 

Manba: OʻzA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.