Oʻzbekistonlik arab tili oʻqituvchilari Ummonda malaka oshirish dasturida ishtirok etishdi

0
5
marta koʻrilgan.

MUSKAT, 31 yanvar. Mamlakatimizdagi bir qator oliy taʼlim muassasalari oʻqituvchilari Ummonning Mana shahrida malaka oshirish kurslarida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.

Kurs dasturi davomida oʻqitish usullari bilan tanishishdi. Dastur oʻquv loyihalarini amalga oshirish va imtihonlarga tayyorgarlik va uni oʻtkazishni oʻz ichiga olgan. Oʻqituvchilar Sulton Kobus institutida darslarda qatnashib, oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar.

Kursni yakunlash marosimida oʻzbek arabshunoslari 10 dan ortiq davlatdan kelgan ushbu universitet talabalarini oʻzbek madaniyati bilan tanishtirdilar. Ular oʻzbek xalqining anʼana va qadriyatlariga bagʻishlangan taqdimotni taqdim etdilar.

Institut direktori Usmon as-Saʼdiy  malaka oshirish va tajriba almashish kursining oʻzbekistonlik ishtirokchilari haqida iliq fikrlar bildirdi. Uning soʻzlariga koʻra, oʻzbekistonlik oʻqituvchilar oʻzlarining oʻtkir aqli, zakovati, bilimga tashnaligi, odob-axloqi bilan boshqa tinglovchilardan ajralib turardi. Oʻqitish usullarining koʻp jihatlarini oʻzlashtirib, oʻzlari ham tajriba almashish maqsadida koʻplab amaliy va qiziqarli takliflar  bildirishdi.

Xorijlik mehmonlar ham Oʻzbekiston vakillari faoliyatini yuqori baholaladilar.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.