Oʻzgalarga ezguliklar ulashib yashash, yon-atrofdagi kishilarga mehr-muruvvat koʻrsatish, ogʻirini yengil qilishga intilish, dardiga malham boʻlish, koʻmaklashish yoʻlidagi saʼy-harakatlar oʻzbek xalqiga xos goʻzal qadriyatlardan hisoblanadi.
Yangi Oʻzbekistonda mehr-muruvvatu saxovatga, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga alohida eʼtibor qaratilayotgani bugungi kunda har bir kishiga masʼuliyat yuklamoqda.
Yakkasaroy tumanidagi Yunus Rajabiy nomidagi mahallaning Rakatboshi koʻchasi 15a uy, 27-xonadonda yashovchi 80 yoshli Promtova Svetlana Vladimirovnani Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani kengashi deputati Botir Ziyorxoʻjayev, Yunus Rajabiy nomidagi mahalla fuqarolar yigʻini xodimlari va faollari hol-ahvolidan xabar olishdi.
– Bugun ishxonamdan ham yoʻqlab kelib, sovgʻa- salomlar tashlab ketishdi. Barchangizdan minnatdorman,– deya xursandligini bildirdi S.Promtova.
gujum.uz