Parij shahrida oʻtayotgan Olimpiya oʻyinlarining dzyudo bahslarida vazni 100 kilogrammdan ortiq boʻlgan polvonlar oʻrtasida bronza medali uchun bellashuv oʻtkazildi.
Ushbu vazn toifasidagi hamyurtimiz Alisher Yusupov bronza medali uchun oʻtgan bellashuvda yaponiyalik Tatsuru Saito bilan raqobatlashdi va gʻalaba qozonib, delegatsiyamiz hisobiga bronza medalini keltirdi.
Shu tariqa, “Parij-2024” Olimpiadasida Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni uchtaga yetdi. 1 oltin va 2 bronza medal.
Parij shahrida oʻtayotgan bu galgi Olimpiya oʻyinlarining dzyudo boʻyicha bellashuvlari hamyurtlarimiz uchun muvaffaqiyatli oʻtmoqda.
Bugun, 3 avgust kuni ushbu musobaqalarning mikst yoʻnalishidagi bellashuvlar boshlandi.
Mikst yoʻnalishida Oʻzbekiston terma jamoasi oʻz ishtirokini nimchorak finaldan boshladi. Unda polvonlarimiz Kanada termasi bilan raqobatlashdi va 4:0 hisobida gʻalaba qozongan holda chorak finalga chiqdi.
Birozdan soʻng chorak finalda Oʻzbekiston va Italiya terma jamoalari oʻzaro kuch sinashadi.
GUJUM.UZ