Parij shahrida 16 kun mobaynida oʻtkazilgan XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlari yakunlandi

0
33
marta koʻrilgan.

Fransiyada yakunlanayotgan Olimpiya oʻyinlarida erkin kurash boʻyicha vazni 74 kilogrammgacha boʻlgan polvonimiz Razambek Jamalov oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Razambek musobaqaning soʻnggi hal qiluvchi final bahsida yaponiyalik Daiti Takatani bilan raqobatlashdi. Polvonimiz muddatidan oldin zafar quchdi va Olimpiya oʻyinlari gʻolibiga aylandi.  Mazkur natijadan soʻng medallarimiz 6 ta oltin 1 kumush, 3 ta bronzaga yetdi

Boks boʻyicha mamlakatimiz terma jamoasi aʼzosi, Osiyo oʻyinlari gʻolibi, qitʼa va jahon chempioni Abdumalik Xalokov Olimpiya oʻyinlarida shohsupaga koʻtarildi. 57 kilogrammgacha vazn toifasidagi soʻnggi hal qiluvchi final bahsida A.Xalokov qirgʻizistonlik Munarbek Seitbek Uluu bilan raqobatlashdi hamda gʻalaba qozondi. Abdumalik Xalokov oʻzining birinchi Olimpiya oʻyinlaridagi oltin medalini qoʻlga kiritdi. Shu bilan Olimpiya oʻyinlarida medallarimiz soni 7 ta oltin, 1 kumush, 3 ta bronzaga yetdi.

Svetlana Osipova kumush medalini qoʻlga kiritdi. Olimpiya oʻyinlarining taekvondo WT boʻyicha ayollar oʻrtasidagi 67 kilogrammdan ortiq vazn toifasida hamyurtimiz kumush medalga sazovor boʻldi.

Bahodir Jalolov Olimp choʻqqisini ikkinchi bor zabt etdi. 92 kilogrammdan ortiq boʻlgan charm qoʻlqop ustalari orasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan bokschimiz soʻnggi hal qiluvchi final bahsida ispaniyalik Ayyub Gadfaga qarshi raqobatlashib gʻalaba erishdi..  

 B.Jalolov faoliyatidagi ikkinchi Olimpiya oʻyinlarining gʻolibi boʻldi. Bunga qadar, Olimpiadada hamyurtlarimizdan Hasanboy Doʻsmatov (boks) va Ulugʻbek Rashitov (taekvondo WT) aynan shunday muvaffaqiyatga erishgan edi.  

Oʻzbekiston sport delegatsiyasi Parij Olimpiadasidagi ishtirokini yakunlab, tarixiy natijaga erishdi. Oʻyinlarning oxirgi kunida bokschilarimiz Bahodir Jalolov va Abdumalik Halokov, erkin kurashchi Razambek Jamalov oltin, taekvondochimiz Svetlana Osipova va ogʻir atletikachimiz Akbar Joʻrayev kumush medallarni qoʻlga kiritdi.  Prezident Shavkat Mirziyoyev ular bilan hamda 9 avgust kuni bronza medaliga sazovor boʻlgan erkin kurashchimiz Gʻulomjon Abdullayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari butun xalqimiz nomidan chempion va sovrindorlarni samimiy tabriklab, murakkab kurashlarda koʻrsatgan yuksak mahorati va matonati uchun minnatdorlik bildirdi. Ularning ota-onalari va murabbiylariga el-yurtga munosib shunday oʻgʻil-qizlarni tarbiyalagani uchun rahmat aytdi.

Oʻzbekiston boks terma jamoasi esa oʻzbek sportining shonli tarixida yangi zarvaraq yaratdi.  5 ta oltin medal bilan Olimpiya oʻyinlarida umumjamoada hisobida 1 oʻrinni egallashdi. Ikkinchi oʻrinni 3 ta oltin va 2 ta kumushga ega Xitoy band etgan boʻlsa, Xitoy Taypeyi jamoasi 1 ta oltin, 2 ta bronza medali bilan 3-oʻrindan joy oldi. 13 ta mamlakat milliy terma jamoalari 1 tadan bronza medaliga ega chiqdi.

Fransiya poytaxti Parij shahrida 16 kun mobaynida oʻtkazilgan XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlari yakunlandi.

Dunyoning 206 mamlakatining eng kuchli sportchilari ishtirokida oʻtgan murosasiz va shiddatli bellashuvlar sarhisobiga koʻra, Oʻzbekiston delegatsiyasi  8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza, jami 13 ta medalni qoʻlga kiritib, Yangi Oʻzbekistonning yangi gʻalabalarini taʼminlashdi.

Taekvondo WT boʻyicha ikki karra Olimpiya oʻyinlari gʻolibi Ulugʻbek Rashitov “Parij-2024” yopilish marosimida Oʻzbekiston delegatsiyasi bayroqdori vazifasini bajardi..

Bugun kechki payti oʻtkazilayotgan «Parij-2024» oʻyinlarining tantanali yopilish marosimida yozgi Olimpiya oʻyinlarining bayrogʻi «Los-Anjeles-2028» tashkiliy qoʻmitasiga topshirilish jarayoni ham bu yilning eng muhim voqealaridan biri boʻladi.  Uni  Los-Anjeles meri  madhiya sadolari ostida qabul qilib oldi. Undan  oltmishni qoralagan  mashhur akter Tomm Kruss qabul qilib oldi.  Goʻzal musiqa sadolari ostida  koʻtarib yugirib ketdi. Bayroq qoʻldan qoʻlga oʻtib hilpiradi.    Yangi Oʻzbekistonimizga, bunyodkor  Oʻzbekistonimizga ham   ana shunday bayroqni olib kelish nasib qilsin, deya tilaklar bildirib qolamiz.

J.Saʼdullayev tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.