Parij shahrida oʻtgan XXXIII yozgi Paralimpiya oʻyinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan sportchilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi. Toshkent xalqaro aeroportida hamyurtlarimizni tantanali kutib olish tantanasi boʻlib oʻtdi. Parijdagi musobaqalarda bayrogʻimiz 26 marta boshlar uzra baland koʻtarildi, dillarni yayratib madhiyamiz yangradi.Ana shu qutlugʻ va goʻzal onlarning ishtirokchilaridan biri Nurxon Qurbonova!
Yadro uloqtirish (F54) boʻyicha oʻtkazilgan bahslarda mamlakatimiz sharafini himoya qilgan bronza medali sohibi Nurxon Qurbonovaning dil soʻzlari.