Pastdargʻom tumanida faollar yigʻilishi boshlandi

0
86
marta koʻrilgan.

Pastdargʻom tumanida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Samarqand viloyati faollari va poytaxtdan kelgan mutasaddi rahbarlar ishtirokida yigʻilish boshlandi. 

Davlatimiz rahbari salohiyati cheksiz boʻlgan bu viloyatdagi mavjud imkoniyatlardan yetarli darajada foydalanilmayotganini qayd etdi.

2017 yilda yalpi hududiy mahsulot atigi 2,5 foizga oʻsgan. Bu respublika koʻrsatkichidan 2 barobar kamdir. Viloyatdagi iqtisodiy ahvol ijtimoiy holatga salbiy taʼsir qilgan.

Bugun Samarqandda qariyb 107 ming odam ishsiz ekani, bu masalani hal etish uchun mavjud rezervlar va imkoniyatlarni toʻliq ishga solish hisobiga 120 mingdan ziyod ish oʻrni yaratish vazifasi qoʻyilgani taʼkidlandi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.