Paxtakor sport saroyi yunon rum kurash zalida aka-uka Ziyodulla va Xayrulla murabbiylik qilar ekan, aslida ularning oʻziga murabbiy kerak ekan

0
228
marta koʻrilgan.

Bir bor ekan bir yoʻq ekan zamonaviylashgan zamonimizda Paxtakor sport klubi kurashchilar zalida aka-uka murabbiylar bor ekan. Oʻziga bino qoʻygan odamlar bilan gaplashganda manmanlikka berilgan doʻq urib baland parvoz gaplashar ekan. Kunlarning birida bir ota kelib farzandini topshiribdi, murabbiy baland parvoz gaplar bilan haligi otani qulogʻini boylapti. Ota xursand boʻlib farzandini topshiribdi shunda murabbiy tushmagur hunarini boshlabdi. Hunari shuki vaqtlar oʻtib otaning bir tiyinga olmabdi. Manmanligi tutib, farzandini koʻchaga quvib solibdi. Ota jahli chiqib kelibdi: “Ey bu nimasi, murabbiy yoki pulni kam qildimmi?”. Javob berdi murabbiy: “Pul xaqida gapirma ikkita farzandga toʻlaganingni boshka otalar bir farzandga toʻlaydi”. Ota farzandlarini zalga kirgizib jahli chiqqanicha uyga ketibdi.

 Kunlar oylar oʻtibdi murabiy tushmagur yana hunarini boshlabdi. Haligi otaning farzandini oʻzi bilan kurash tushib yurgan tanishining bolalariga manuken sifatida ishlatibdi. Yana ota jaxli chiqib boribdi. Murabbiy tushmagurga javrabdi. Tarbiya koʻrmagan murabbiy shunday depti:”U bolalarning otasi biz bilan kurash tushib yurgan, qanaqa qilishni oʻrgatma” deb uyatsiz gap bilan soʻzlabdi. Oʻzidan ketgan murabbiy osongina “pashyol na….y” deb aytibti  va qomatini koʻz-koʻz qilib, sharmanda hunarini boshlabdi. Oʻrtaga murabbiyning ukasi zumrasha baland parvoz gaplar bilan tikilib turarmush “Hozir akam mazangni qochirib qoʻyadi” degan gap ogʻzidan tushmasmush. Aka-uka  murabbiylarning bu qilmishiga ota murabbiylik kasbiga shubha bilan karabdi. Shunda ota bir tarsaki tashaymi deb oʻylabdi. Shu payt yaramas murabbiy tuhmat boʻhtonlarini boshlabdi. “Goʻyoki ota uni qilmishini telefonga yozganmush. Aslida u kalamush otaga poʻpisa qilib, ” Hozir ota-onalar nomidan xat qilib, seni bu yerdan siqib chiqaramiz” deb shantaj qilarmush. Ota “yo alhazar” deguncha hayratda qolibdi va bir soʻz aytibdi Sen shogirdlaring orasida hurmat topolmay oʻtasan eng paskash murabbiy shogirdining otasi bilan shu ohangda soʻkinib gaplashar.

Otaning shubhasi oʻrinli ekan aslida murabbiy kurashdan chempion boʻlishni xohlabdi, chempion boʻlish uchun mashq emas koʻp ovkatlar yeb qoʻyibdi hamma joyini yogʻ bosib yotoqdan choʻpchib turib tosh oynaga tikilibdi, kurashchi emas oshpazga oʻxshab qolibdi. Otdan tushmay tushmagur qiligʻini boshlabdi, baland parvoz gap bilan kimligini eslatibdi.

J.SAʼDULLAYEV, sport muxbiri

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.