Pokiston Bosh vazirini tantanali kutib olish marosimi boʻldi

0
100
views
26 fevral kuni Toshkent shahridagi Xalqaro kongress markazida mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharifni rasmiy kutib olishga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qutlab, shohsupaga taklif etdi. Harbiy orkestr ikki mamlakat davlat madhiyalarini ijro etdi. Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan oʻtib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini bir-biriga tanishtirdilar. Birgalikda suratga tushilgandan soʻng tor doiradagi muzokaralar boshlandi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here