Poytaxtimizda dzyudo boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida Osiyo ochiq kubogi start oldi. Unda 6 mamlakatdan tashrif buyurgan 250 ga yaqin dzyudochilar gʻoliblik uchun bahs olib borishmoqda.
Yurtimizning mahoratli dzyudochisi Uchqun Murodonov xotirasiga bagʻishlab anʼanaviy tarzda oʻtkaziladigan ushbu musobaqada har yili yosh va iqtidorli dzyudochilar kashf qilinadi. Murabbiylar esa bu turnir orqali sportchilarning jismoniy holatini yana bir bor koʻzdan kechirishadi.
Birinchi kun doirasida oʻsmirlar oʻrtasida yengil vazn toifasida gʻolib va sovrindorlar aniqlandidi.