Poytaxtning markaziy koʻchalaridan biriga Chingiz Aytmatov nomi berildi

0
201
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 apreldagi  “Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi qarorida Chingiz Aytmatov xotirasini abadiylashtirish maqsadida Toshkent shahrining markaziy koʻchalaridan biriga adib nomini berish belgilangan edi.

Kuni kecha boʻlib oʻtgan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining oʻttiz sakkizinchi sessiyasida ushbu masala atroflicha koʻrilib, Yunusobod tumani hududida joylashgan Bodomzor yoʻli koʻchasiga buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov nomini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.