Poytaxtning Yakkasaroy tumanidagi Yunus Rajabiy  nomidagi mahallasida koʻchma savdo doʻkoni

0
296
marta koʻrilgan.

Bugungi kunda butun dunyo, insoniyat murakkab davrni boshidan kechirmoqda. Mamlakatimizda epidemiologik vaziyatni jilovlash, aholi salomatligini har tomonlama himoya qilish uchun barcha choralar koʻrilmoqda.

Jumladan, karantin davrida aholini zarur isteʼmol tovarlari, oziq-ovqat, dori va gigiyena mahsulotlari bilan taʼminlash masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Ayni kunda Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimizdagi 358 ta dehqon bozori va ulardagi “Elga xizmat” korxonasi jalb etilgan holda mahallalarda soddalashtirilgan koʻchma savdo  doʻkoni tashkil etilmoqda.

Kecha ana shunday koʻchma savdo doʻkoni  Yakkasaroy tumanidagi Yunus Rajabiy  nomidagi mahallada uyushtirildi.

– “Elga xizmat” korxonasining koʻchma savdo doʻkoni karantin boshlanganidan buyon mahallamizda uchinchi marta tashkil etilmoqda. Avvalroq, Samarqand va Rakatboshi koʻchalarida uyushtirilgan boʻlsa bu safar Yunus Rajabiy koʻchasida tashkil etildi. Savdo paytida barcha sanitariya-gigiyena talablariga amal qilinayapti, xoridorlar oraliq masofa saqlashmoqda.  Mahalla ahli narx-navoning koʻngildagidek ekanligini taʼkidlab, hukumatimizning aholi tinchligini, salomatligini koʻzlab tezkorlik bilan amalga oshirayotgan ishlardan xursand boʻlmoqda. Nogironlik va keksalik nafaqalari ham oʻz vaqtida uylariga yetkazib berildi. –  deydi Yunus Rajabiy mahalla kengashi  raisi Ulugʻbek Hakimov.

Karantin davrida yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga 18 turdagi asosiy oziq-ovqat va gigiyena tovarlari bepul yetkazib berilishi Prezidentimiz tomonidan taʼkidlangan edi. Maʼlumki, karantinning ilk kunlaridanoq xalqimiz jipslashib, saxovatpesha insonlar yolgʻiz keksalar, ehtiyojmand oilalarga yordam qoʻlini choʻzib kelmoqda. Ushbu saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish va xavfsizlik qoidalarini taʼminlagan holda amalga oshirish maqsadida xayr-ehsonlar Toshkent shahridagi “Oʻzekspomarkaz”da jamlanmoqda hamda koll-sentrga kelib tushgan murojaatlar asosida mahalla vakillari va koʻngillilar guruhlari tomonidan ehtiyojmand oilalarga tarqatilmoqda. Tarqatma  uchun 20 ta “Damas” avtomashinasi ajratilib, ular  barcha himoya vositalari bilan taʼminlangan.

– Ushbu tashabbus juda yaxshi boʻldi. Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi ushbu tartibni viloyat markazlarida ham tashkil etmoqda. Kecha yakshanba kuni “Oʻzekspomarkaz”dan bizning Yunus Rajabiy mahallamizga ham 18ta toʻplam keldi. Yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga tarqatdik. Mahalla ahli Prezidentimizga  va hukumatimizga oʻz minnatdorchiligini bildirmoqda. Mahallamizda 7 mingdan ortiq aholi bor. Karantin davrida 100 dan ortiq kam taʼminlangan oilalarni, imkoniyati cheklangan kishilarni va faxriy keksalarimizni yoʻqladik. Har kuni kamida 2-3 oiladan xabar olamiz – deydi mahalla yetakchisi Ulugʻbek Hakimov Bu kurashda Prezidentimiz tomonidan yuksak tibbiy-amaliy choralar koʻrilmoqda. Bizdan talab etiladigani shuki, karantin davri tartib- qoidalariga  qatʼiy intizom, sabr-toqat va ulkan masʼuliyat bilan yondoshmoq, xalos. Bu sifatlar bizning eng asosiy va eng taʼsirchan qurolimizga aylanishi shartligini koʻcha boshi, koʻp qavatli uylarning yetakchilari orqali telemuloqotlarda mahalla ahliga ham singdirmoqdamiz.-deydi mahalla yetakchisi Ulugʻbek Hakimov.

Darhaqiqat, hammamiz yanada jipslashib, sabr-matonatli boʻlsak, shifokorlar tavsiyalariga, karantin tartib-qoidalariga toʻliq amal qilsak, albatta, bu kasallikni tezroq yengib oʻtamiz!

Oʻzimizni, oilamizni asrash, elimiz birla jumlai jahonni asrash demakdir!

R. ZARIPOVA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.