Prezident aholining issiqlik taʼminoti holatini koʻrdi

0
126
marta koʻrilgan.

Davlatimiz rahbari «Toshkent issiqlik markazi» korxonasining Chilonzor issiqlik markazini borib koʻrdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida. 

Ushbu majmua 1969 yilda qurilgan. Qozonxona 700 Gkal quvvatga ega. Markaz 921 ta koʻp qavatli uy va 100 dan ortiq ijtimoiy soha obyektlariga issiqlik quvvati yetkazib beradi. 

Soʻnggi kunlarda ob-havoning keskin sovib ketishi oqibatida gaz bosimining pastligi kuzatilmoqda. Bu isitish darajasiga salbiy taʼsir qilmoqda.

Chilonzor issiqlik markazida ham uskuna va tarmoqlar eskirgan. Issiqlikni uzatishda yoʻqotishlar bor.

Shu bois bu boradagi zaruriy chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari issiqlik ishlab chiqarishning muqobil manbalarini izlash, quvurlar va uylarda haroratni asrash zarurligini taʼkidladi.

Toshkent shahri tumanlariga elektrda ishlaydigan 2 megavattli stansiyalar olib kelib, qoʻshimcha issiqlik quvvatlari yaratish taklifi maʼqullandi. Bunday bitta qurilma 1 ming 340 ta xonadonga issiqlik yetkazib beradi. Ishlab chiqarish xarajati kamligi evaziga narx oshmaydi.

Shavkat Mirziyoyev kutilmaganda shu yerdagi Shirin mahallasini kirib koʻrdi. Aholi xonadonlarida boʻlib, turmush sharoitlari, issiqlik taʼminoti bilan qiziqdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.