Prezident Aichi prefekturasi gubernatori bilan uchrashdi

0
84
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga tashrifi dasturi 18 dekabr kuni tongda Aichi prefekturasi gubernatori Xideki Omura bilan uchrashuvdan boshlandi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida. 

Mamlakatimiz va Aichi prefekturasi oʻrtasida taʼlim va madaniyat sohasidagi samarali muloqotlar yoʻlga qoʻyilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Innovatsiyalar, sanoat, qishloq xoʻjaligi va qoʻshma agroklasterlar tashkil etish, turizm, akademik almashinuv sohalarida oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va aniq loyihalarni ilgari surish uchun imkoniyatlar mavjudligi alohida taʼkidlandi.

Oʻzbekiston tomonidan prefekturaning sherigi etib Toshkent viloyati belgilandi.

Oʻzaro tashriflarni tashkil etish va Aichidan aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish masalasini koʻrib chiqishga kelishib olindi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.