Prezident Bishkekka keldi

0
84
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun 13 iyun kuni Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahriga tashrif buyurdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.     

«Manas» xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qirgʻiziston Bosh vaziri Muhammedkaliy Abilgaziyev kutib oldi.

Shavkat Mirziyoyev bugun Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Afgʻoniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf Gʻani hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining siyosiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Rozmeri DiKarlo bilan uchrashuvlar oʻtkazishi, shuningdek, ShHT sammitining protokol tadbirlarida ishtirok etishi rejalashtirilgan.  

Davlatimiz rahbari ertaga, 14 iyun kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.

Sammitda aʼzo mamlakatlar oʻrtasida siyosat, iqtisodiyot, transport-kommunikatsiya, xavfsizlik va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga ega dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashiladi. 

Muloqotlar yakunida Bishkek deklaratsiyasi qabul qilinishi,  tashkilot doirasida hududlararo aloqalarni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ekologiya, turizm, sport va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan hujjatlar imzolanishi moʻljallangan. 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.