Prezident Bogʻiston koʻchasidagi yangi uylarni borib koʻrdi

0
253
marta koʻrilgan.

Toshkent shahrining Chilonzor tumani Bogʻiston koʻchasidagi uylar rejalashtirilgan loyihalar izchil amalga oshirilayotganiga yana bir misol. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 21 dekabr kuni bu yerga kelib, qurilish maketlari bilan tanishgan, zarur koʻrsatmalar bergan edi. Oradan besh oy oʻtib, bu yerda ulkan va zamonaviy mavze paydo boʻldi. 

9 qavatli 24 ta uy bunyod etilishi loyihalashtirilgan. Hozirda 10 ta uyda qurilish yakunlanib, ichki va tashqi pardozlash ishlari olib borilmoqda.

Davlatimiz rahbariga uylarning qurilish texnologiyasi, sifati haqida maʼlumot berildi. 

Uylar innovatsion usullar asosida qurilgan boʻlib, devorlari qoʻshimcha materiallar bilan qoplangan. Bu issiqlikni saqlash, energiyani tejash imkonini beradi.  Isitish va sovitish tizimi har bir xonadonda mustaqil boshqariladi. 

Prezidentimiz bu uylarning sifati, energiyani tejashi xalqimizga maʼqulligi, shu tajriba asosida mamlakatimizning boshqa hududlarida ham turar joylarni koʻpaytirish zarurligini taʼkidladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.