Prezident boks finalini tomosha qildi

0
45
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Humo Arena” sport saroyiga tashrif buyurib, boks boʻyicha jahon chempionatini tomosha qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Bu nufuzli musobaqada  107 ta mamlakatdan 600 dan ortiq bokschilar ishtirok etdi. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi barcha 13 vazn toifasida qatnashdi. Vakillarimiz bugungacha 9 ta medalni naqd qilib boʻlgan edi.

Davlatimiz rahbari 13 may kuni yurtimiz bokschilari ishtirokidagi final janglarini kuzatdi. Qizgʻin va murosasiz oʻtgan bahslarda Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev qozogʻistonlik Dulat Bekbauovni, Hasanboy Doʻsmatov fransiyalik Bilal Bennamani, Bahodir Jalolov kubalik Alexandro Arzolani yengib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. 

Gʻoliblarga medallar va chempionlik kamarlarini Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirdi. Shuningdek, ularga Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) tomonidan ajratilgan mukofot pullari beriladi.

Musobaqaning soʻnggi kunida yana toʻrt nafar bokschimiz ringga chiqadi. Jahon chempionati 14 may kuni yakunlanadi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.