Prezident bunyodkorlik ishlarini koʻzdan kechirdi

0
158
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent metropolitenining Sergeli yoʻnalishi qurilishi bilan tanishdi, deya xabar beriladi prezident. uz saytida.  

Uzunligi 7,1 kilometr boʻlgan mazkur yoʻnalish Sergeli tumani aholi punktlari oralab oʻtib, Chilonzor tumanidagi Olmazor bekatiga bogʻlanadi. Temir yoʻl estakada usulida qurilib, poyezdlar yer ustida harakatlanadi. Yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida bekatlarda lift va eskalatorlar oʻrnatiladi. 

Bugungi kunda loyihaning 5 kilometr qismida bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbari bu yerga kelib, qurilishning borishini koʻzdan kechirdi. Metroni sifatli, qulay va xavfsiz qilib qurish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Shu yerda Toshkent shahrida qurilishi rejalashtirilgan 9 qavatli uylar loyihasi taqdimoti oʻtkazildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.