Prezident Buxoro shahridagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Joriy yil mart oyida 1024 ta oila arzon va zamonaviy uyga ega boʻladi

0
404
marta koʻrilgan.

Prezidentimizning oʻtgan yilgi tashrifidan soʻng Buxoro viloyatida keng koʻlamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Yangi uy-joylar, yoʻlar, savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalari, madaniyat va sport majmualari qurilib, foydalanishga topshirildi, deya xabar berilmoqda Prezident.uz saytida.  

Bu boradagi ishlar bugun ham izchillik bilan davom ettirilmoqda. Buxoro shahridan Kogon shahrigacha boʻlgan yoʻlning ikki chetida arzon koʻp qavatli uy-joylar barpo etilmoqda. 

Davlatimiz rahbari ushbu uy-joylar qurilish uchastkasida boʻldi.

Oʻtgan yili may oyida boshlangan qurilish ishlari 27 ta pudrat tashkilotlari tomonidan olib borilmoqda. Ushbu 39 ta koʻp qavatli turar joy bitgach, 1024 ta oila oʻz uyiga ega boʻladi. Shu paytgacha shaharda buncha koʻp qavatli uy qurilmagan. Uylarni joriy yil mart oyida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Turar joylarni tez va sifatli qurish, bunda zamon talablari va aholi ehtiyojlarini hisobga olish, barcha ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish zarurligi taʼkidlandi.

Shu yerda Buxoro shahrida amalga oshiriladigan bunyodkorlik loyihalari haqida maʼlumot berildi.

Ulardan biri — Islom Karimov koʻchasi qiyofasini oʻzgartirish loyihasidir. Unga muvofiq, koʻchaning ikki tomonida zamonaviy binolar, yashil hududlar, dam olish maskanlari va boshqa obyektlar barpo etish rejalashtirilgan.

Shuningdek, Ibn Sino, Ayniy, Hamza, Iqbol va boshqa koʻchalarda koʻp qavatli uylar, savdo markazlari, maishiy xizmat obyektlari barpo etilmoqda. Bu aholini arzon va zamonaviy uylar bilan taʼminlash, turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Prezidentimiz loyihalarni takomillashtirish, sifat va muddatga amal qilish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.